Markaziy bankda Turkmanistonning Oʼzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat banklararo hamkorligi hamda markaziy banklari oʼrtasidagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Oʼz navbatida, Shadurdi Meredov Oʼzbekiston banklarida raqamli texnologiyalar rivojlanganini alohida eʼtirof etdi. Muloqot yakunida tomonlar ikki davlat oʼrtasida banklararo hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdilar.
Turkmanistonning Oʼzbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
Yangilangan sana: 1 Mar 2024, 18:35