Joriy yilning 31 mart kuni Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston respublika valyuta birjasida tijorat banklarining umumiy hajmi 100 mlrd. so‘m mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha, muddati 14 kunlik depozit auksioni o‘tkazildi.
Auksionda 3 ta tijorat banki tomonidan Markaziy bank depozitlariga joylashtirish bo‘yicha jami 125 mlrd.so‘mlik buyurtmanomalar kelib tushdi. Auksion davomida tijorat banklarining jami 100 mlrd. so‘mlik buyurtmanomalari qondirildi.
Auksion natijalariga ko‘ra, joylashtirilgan depozitlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi, shuningdek minimal va maksimal stavka – yillik 16,00 foizni tashkil etdi.