Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Visa xalqaro toʼlov tizimi vakillari bilan uchrashuv

Yangilangan sana:  3 May 2024, 18:06
3 May 2024
Markaziy bankda Visa xalqaro toʼlov tizimi vitse-prezidenti va mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

Uchrashuvda Visa kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, tomonlar Oʼzbekistonda toʼlov tizimlari infratuzilmasining hozirgi holati, mamlakatda kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalari va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish xususida fikr almashdilar.

Muloqot davomida shuningdek, xalqaro toʼlov kompaniyalarining Oʼzbekiston bozoriga kirib kelishiga toʼsiq boʼlayotgan qonunchilik asoslarini xalqaro huquqiy meʼyorlar bilan uygʼunligini taʼminlash masalalariga ham toʼxtalib oʼtildi.

USD = 12625.04
+40.76
EUR = 13686.81
+10.21
RUB = 146.11
+1.73
GBP = 16298.93
+50.11
JPY = 81.57
+0.87
CHF = 14223.79
+96.85
CNY = 1734.85
+4.98
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X