Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“OTP Bank” rahbariyati bilan uchrashuv oʼtkazildi

Yangilangan sana: 12 Iyun 2024, 17:11
12 Iyun 2024
Markaziy bankda Yevropaning yetakchi banklaridan biri – “OTP Bank” boshqaruvi raisi oʼrinbosari, “Ipoteka-bank” Kuzatuv kengashi raisi Laslo Volьf boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

“OTP Bank” vakillari Oʼzbekistonda bank tizimi faoliyatining asosiy koʼrsatkichlari, xususan, soʼnggi yillarda banklar kapitali miqdorining ortib borishi natijasida kredit portfeli, depozitlar va bank aktivlari oʼsib borayotgani, raqamli bank tizimi jadal rivojlanayotganini taʼkidlab, bu oʼz navbatida, “Ipoteka-bank”ni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi.

Muloqot davomida, shuningdek, banklarda joriy kredit bozorining holati, muammoli kreditlar, likvidlik koeffitsientlari kabi bir qator masalalar koʼrib chiqildi hamda “Ipoteka-bank”ning kelgusidagi faoliyati, trancformatsiya jarayonlari yuzasidan kelishib olindi.

USD = 12967.00
+11.74
EUR = 13352.12
+25.04
RUB = 126.49
+0.05
GBP = 15814.55
+11.72
JPY = 83.26
+0.05
CHF = 14230.68
+11.32
CNY = 1769.27
+2.25
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X