Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank nazorati qoʻmitasi may oyida ellikka yaqin masalani koʻrib chiqdi

Yangilangan sana:  13 Iyun 2024, 16:58
13 Iyun 2024

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi joriy yilning may oyidagi yigʻilishlarida (7 marta) 47 ta masalani koʻrib chiqdi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qildi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 36 ta, xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (2 ta), kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish (2 ta), mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reestriga kiritish (2 ta), mikromoliya tashkilotlariga berilgan litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish (13 ta), toʻlov tashkilotlariga berilgan litsenziyani chaqirib olish (2 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatiga olish (2 ta) hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqish (13 ta) bilan bogʻliq masalalar koʻrildi.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 11 ta masala Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, banklar va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari ham muhokama qilindi.

Tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar, yaʼni bank kafolatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning Kredit axborotining davlat reestriga toʻliq yuborilishini taʼminlamaganligi hamda ochiq valyuta mavqei boʻyicha oʻrnatilgan limitlarga amal qilmaganligi uchun 3 ta bank chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Shuningdek, “PAYMENT AGGREGATION SYSTEMS” va “YURT PAY” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari taʼsischilari tomonidan tashkilotlar faoliyatini toʻxtatish boʻyicha qarorga kelingani sababli ularning litsenziyasini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi hamda amaldagi qonunchilik va Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan iqtisodiy meʼyorlar talablariga rioya qilinmaganligi va aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 11 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qoʻllanildi.

1 ta mikromoliya tashkilotida oʻtkazilgan inspeksiya tekshiruvi natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jamiyatning kreditlash operatsiyalarini amalga oshirish faoliyati uch oy muddatga cheklandi.

Bundan tashqari, Qoʻmita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, oʻrnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sogʻlomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

USD = 12635.27
-19.75
EUR = 13753.49
+27.86
RUB = 144.47
+0.19
GBP = 16362.67
+66.8
JPY = 79.37
+1.04
CHF = 14100.29
+12.55
CNY = 1741.64
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X