Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank mutaxassislari “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishmoqda

Yangilangan sana: 5 Iyul 2024, 18:06
5 Iyul 2024
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika miqyosida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylikni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda fuqarolarda “kibergigiyena”ni shakllantirish hisoblanadi.
“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun hududlarda Markaziy bank “CERT-CBU” kiberxavfsizlik markazi mutaxassislari, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi xodimlari, mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar mas’ullarini o‘z ichiga olgan ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Kompleks targ‘ibot tadbirlarini har bir sohada o‘ziga xos tarzda o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan Ishchi guruh vakillari tomonidan tuman markazlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, joylardagi yirik korxonalarda hamda fuqarolar ko‘p to‘planadigan joylarda banner, videorolik va tarqatma materiallardan foydalangan holda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, barcha tijorat banklarida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, bank xizmatlaridan foydalanish uchun tashrif buyurgan har bir mijozga raqamli texnologiyalar vositasida sodir etilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lish yuzasidan tushuntirishlar berish yo‘lga qo‘yildi.
USD = 12940.58
+14.07
EUR = 14044.41
-48.07
RUB = 153.22
-2.78
GBP = 16764.52
-5.04
JPY = 87.00
+0.69
CHF = 14670.20
-45.77
CNY = 1786.56
+0.09
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X