Koreya bankining Bilimlar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik dasturi (Knowledge Partnership Program-KPP) doirasida Markaziy bankda Koreya banki va Koreyaning Sungkyunkvan universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Joriy yilgi tadqiqot qat’iy foizli daromadga ega qimmatli qog‘ozlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan.
Ushbu tadqiqot Sungkyunkvan universiteti professorlarining ishtirokida o‘tkaziladi va yakunlari bo‘yicha xulosa hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Tashrif doirasidagi dastlabki seminarda xalqaro zaxiralarni boshqarishning bugungi holati atroflicha muhokama qilindi hamda istiqboldagi qator yo‘nalishlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
