Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank nazorati qoʻmitasida iyul oyida oltmishga yaqin masala koʻrib chiqildi

Yangilangan sana:  2 Avg 2024, 15:57
2 Avg 2024

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi joriy yilning iyul oyidagi yig‘ilishlarida (8 marta) 59 ta masalani ko‘rib chiqdi va ular bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qildi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 51 ta masala, shu jumladan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (12 ta), toʻlov tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgarganligi munosabati bilan toʻlov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziya qayta rasmishlashtirildi (12 ta), tijorat banklarining chet elda vakolatxona ochishga ruxsatnoma berish (1 ta), mikromoliya tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish (1 ta), tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini koʻrib chiqishga doir (21 ta) masalalar koʻrildi.

Shu bilan birga, toʻlov tizimi operatori (1 ta) hamda toʻlov tashkiloti faoliyatini (3 ta) amalga oshirish uchun berilgan litsenziya chaqirib olindi

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 8 ta masala – Markaziy bankning koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlari talablarining bajarilishi, mikromoliya tashkilotida oʻtkazilgan tekshirishlar natijasi ham muhokama qilindi.

Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ustav fondi va tashkiliy-huquqiy shakliga qoʻyilgan talablarga rioya qilmaganligi uchun 13 ta toʻlov tizimlari operatorlari hamda toʻlov tashkilotlariga nisbatan chora va sanksiyalar qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida banklar tomonidan isteʼmolchilar bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda amaldagi qonunchilikka rioya qilinmaganligi uchun 20 ta tijorat banki ogohlantirildi.

Bundan tashqari, Qoʻmita tomonidan bank tizimi barqarorligini saqlash, omonatchilar va investorlar huquqlarini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib, tijorat banklari boshqaruvlari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyatlariga aniqlangan kamchiliklarni tuzatish, ular boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, oʻrnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf etish va moliyaviy holatini sogʻlomlashtirishga qaratilgan talablarga rioya qilish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

USD = 12732.56
+3.08
EUR = 14181.53
+25.08
RUB = 139.37
-0.35
GBP = 16834.99
+44.81
JPY = 90.53
-0.26
CHF = 15084.18
+25.05
CNY = 1794.91
+0.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X