Qozog‘iston Milliy banki ekspertlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki uchun asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) tizimini joriy etish bo‘yicha maslahat tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Maslahatlar davomida ta’kidlanganidek, tashkilotning samaradorligi yuqori ish unumdorligini ta’minlashning asosiy omillaridan biridir. Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) orqali nafaqat ish natijalarini aniq kuzatish, balki strategik maqsadlarga erishish jarayonidagi progressni baholash mumkin. KPI to‘g‘ri tanlangan taqdirda inson resurslari, moliyaviy va moddiy resurslarni samarali boshqarish va optimallashtirish imkoniyati yuzaga keladi. Bu esa tashkilot faoliyatining umumiy samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ikki kun davom etgan o‘quv-maslahat tadbirlarida Markaziy bankning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari KPI tizimini joriy etish tamoyillari, maqsadlarni belgilash jarayoni bilan tanishdilar, shuningdek, boshqa xorijiy markaziy banklar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari bilan tanishdilar.
Asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimini yaratish bo‘yicha maslahat tadbirlari tashkil etildi
Yangilangan sana: 5 Dek 2024, 09:50