Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank-moliya sektorida gender tenglikni ta’minlash

Yangilangan sana: 5 Iyun 2025, 15:52
4 Iyun 2025
Markaziy bankda “O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya sektorida gender tenglikni ilgari surish” mavzusiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda   Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining rahbarlari, tijorat banklari vakillari, shuningdek xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy markaziy banklarning gender siyosati boʻyicha masʼul rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbirda Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʻminlash masalalariga oid siyosat”ning qabul qilinishi mamlakatimizning bank-moliya tizimida teng huquq va imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan hujjat boʻlib, uning amalga oshirilishida davlat organlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. 

Shuningdek, tadbirda ekspertlar tomonidan mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, gender inklyuzivlikni kuchaytirish va sohadagi ilgʻor xalqaro tajribalarni qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar atroflicha muhokama etildi.


USD = 12618.63
-49.51
EUR = 14516.47
-124.1
RUB = 160.83
-0.32
GBP = 16989.72
-169.28
JPY = 87.07
-0.4
CHF = 15428.08
-159.64
CNY = 1755.76
-7.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X