Markaziy bankda Sport vazirligi bilan hamkorlikda aholini jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan sport sinovlarida g‘olib bo‘lgan sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan sport sinovlarida faol ishtirok etgan va g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Markaziy bank va tijorat banklarining bir guruh xodimlariga “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” va “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari taqdirlandi
Yangilangan sana: 28 Dek 2024, 18:48