Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ommaboplik va aholi moliyaviy savodxonligi darajasini baholash boʻyicha tadqiqot oʻtkazishda Markaziy bankka koʻmaklashdi

Yangilangan sana: 12 Sen 2025, 09:50
27 Iyun 2025
“Inclusive Finance Sector Development Program” doirasidagi texnik yordam loyihasi asosida Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Oʻzbekistonda moliyaviy ommaboplik va moliyaviy savodxonlik darajasini oʻrganish boʻyicha kompleks tadqiqot amalga oshirildi. Ushbu tadqiqotda WB Findex va OECD tomonidan ishlab chiqilgan metodologiya, shuningdek IFC (2020-yil) hamda IFAD soʻrovnomasi savollari qoʻllanildi.

Miqdoriy tadqiqot mamlakatning 6 ta hududida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Fargʻona, Samarqand, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri) 1200 nafar respondentni qamrab oldi. Sifatli tadqiqot 5 ta hududda (Xorazm, Surxondaryo, Buxoro, Andijon viloyatlari va Toshkent shahri) amalga oshirildi hamda unda 198 nafar ishtirokchi, jumladan, ayollar, yoshlar va qishloq joylarda yashovchi fuqarolar ishtirok etdi.

Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi (agrar, sanoat, kam rivojlangan, shahar markazi) dan kelib chiqqan holda tanlab olindi. Tadqiqot maʼlumotlari “Ekspert fikri” ijtimoiy-iqtisodiy va marketing tadqiqotlari markazi tomonidan yuzma-yuz suhbatlar orqali yigʻildi.

Ushbu tadqiqot 2021-2023-yillarda moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlarni baholash hamda aholi tomonidan asosiy moliyaviy xizmatlardan foydalanish, moliyaviy xulq-atvor va moliyaviy savodxonlik darajasiga oid maʼlumotlarni taqdim etadi.

Tadqiqot natijalari bilan Markaziy bankning rasmiy veb-saytida o‘zbek va ingliz  tillarida tanishishingiz mumkin.

USD = 12029.20
-43.76
EUR = 14065.74
-111.54
RUB = 160.26
-0.91
GBP = 16228.59
-131.48
JPY = 75.38
-0.44
CHF = 15228.76
-164.53
CNY = 1759.48
-9.89
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X
Onlayn
translyatsiya