O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024 yil 16 dekabrda banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Markaziy bank tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Navbatdagi uchrashuv zargarlik sohasidagi tadbirkorlar bilan Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy bank raisi o‘rinbosari va mas’ul xodimlari, O‘zmilliybank AJ, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ vakillari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda tijorat banklari tomonidan zargarlik yo‘nalishini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish va tarmoq tadbirkorlari faoliyatida bank tizimiga tegishli masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda tadbirkorlarning faoliyatini kengaytirish, xomashyo bilan ta’minlash va eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida qonunchilikka o‘zgartirish kiritish masalalari ham ko‘rib chiqilib, tadbirkorlar takliflari tinglandi va tajribalar almashildi.
Zargarlik yo‘nalishidagi tadbirkorlar bilan sohaga oid muammolar muhokama qilindi
Yangilangan sana: 14 Yan 2025, 11:59