Milliy libos – xalqimizning tarixi, qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir.
Milliy liboslarimiz nafaqat rang-barang, nafis va naqshinkor, balki ulardagi har bir naqsh – boy tariximiz, ajdodlarimiz hikmatlari, xududlarimiz betakror tabiati ifodasidir.
Bugun Markaziy bankda ham xodimlar ishtirokida “Milliy libos – millat ko‘rki” shiori ostida chellenj o‘tkazildi.
