Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Bank-moliya akademiyasida Markaziy bankning pul-kredit siyosati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Pul-kredit siyosati orqali iqtisodiyotni tartibga solish: asosiy tushuncha va tamoyillar” mavzusida seminar-treninglar o‘tkazildi. Unda mazkur oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.
Seminar-treningda pul-kredit siyosati tushunchasi, uning makroiqtisodiy siyosatdagi o‘rni, bu boradagi xalqaro tajriba, “Pul-kredit siyosatining 2025 yil va 2026-2027 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari” haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Interaktiv tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Markaziy bank vakillaridan atroflicha javob olish bilan birga, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitib, pul-kredit siyosatidagi bugungi o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishdi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati kommunikatsiyasi doirasida bunday seminar-treninglarni boshqa oliy o‘quv yurtlarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.
Talabalar uchun pul-kredit siyosatiga doir seminar-treninglar o‘tkazildi
Yangilangan sana: 7 Mar 2025, 12:21