Markaziy bankda OTB texnik ko‘magi doirasida yangi tashkil etilgan moliyaviy institut mikromoliya banklari faoliyatini tartibga solish va tavakkalchilikka asoslangan nazorat tizimini yaratishda amaliy yordam ko‘rsatish masalasida OTB eksperti Piyer Seigun o‘z faoliyatini boshladi.
Mikromoliya sohasining barqarorligini ta’minlash maqsadida missiya doirasida asosiy e’tibor mikromoliya banklari uchun tavakkalchilik darajasini belgilash, nazoratga doir hisobotlarni ishlab chiqish, shuningdek, mikromoliya institutlarini mikromoliya banklariga transformatsiya qilish jarayoniga qaratiladi.
Uchrashuv davomida missiya vakillariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda mikromoliya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va mikromoliya banklari ahamiyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tomonlar xalqaro tajriba va standartlar asosida tartibga solish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha birgalikda “Yo‘l xaritasi” yaratish, o‘quv seminarlari tashkil etish va kelgusida hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Mikromoliya banklari faoliyati yuzasidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi vakillari bilan hamkorlik boshlandi
Yangilangan sana: 7 Mar 2025, 13:40