Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘tmishi buyukligini his etgan insonning o‘ziga ishonchi ortadi

Yangilangan sana:  12 Fev 2021, 11:05
12 Fev 2021

“Biz nega ularni yodga olamiz, xotiralarini abadiyatga muxrlashga intilamiz? Sababi, o‘tmishi buyukligini his etgan insonning o‘ziga ishonchi ortadi. Bu kuchni butun xalq misolida tasavvur etavering”.

Markaziy bankda buyuk mutafakkir va davlat arboblari Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi, Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbir mana shunday purma’no fikrlarga, qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod ishtirok etdi. U Alisher Navoiyning o‘lmas asarlari, davlat arbobi sifatidagi faoliyati, insoniy fazilatlari haqida tarixiy manbalarga asoslanib so‘zlab berdi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Zahiriddin Muhammad Boburning buyuk va shonli hayoti, o‘zga o‘lkada shoh bo‘lsa-da, ona yurtiga bo‘lgan muhabbatiga to‘xtalinib, uning hayot yo‘li va tuyg‘ularini mohirona ko‘chira olgan ruboiy va g‘azallaridan parchalar o‘qildi.

“Bobur o‘z holatini asarlarida hech mubolag‘asiz, ro‘y-rost aks ettira olgan va shoh sifatida bundan tortinmagan kamyob shaxs bo‘lgan. U Alisher Navoiy haqida ham mohirona yozgan va uni go‘zal ta’riflar keltirib, ulug‘lagan”, - dedi B.Bobomurod.

Ta’kidlanganidek, dunyoda tarixi, buyuk shaxslari bilan maqtanadigan millatlar ko‘p emas. Bizdan talab etilgani, qaysi sohada faoliyat yuritishimizdan qat’i nazar, avvalo, tariximizni bilishimiz va buni dunyoga ko‘rsata olishimiz zarur.

USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X