Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank obligasiyalarining muomalaga chiqarilish kalendari

Yangilangan sana:  30 Mar 2021, 14:56
30 Mar 2021

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank tizimi likvidligini samarali tartibga solish, to‘lovlarning uzluksizligini ta'minlash, shuningdek, pul bozoridagi foiz stavkalarining belgilangan parametrlarda bo‘lishiga erishish maqsadida doimiy tarzda pul bozorida likvidlik berish va likvidlikni jalb qilish bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2020 yilning yanvar' oyidan boshlab bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni qisqa muddatlarga jalb qilish hamda tijorat banklarida garov bazasini shakllantirish maqsadida, Markaziy bank obligasiyalari muntazam ravishda muomalaga chiqarilmoqda. Hozirgi kunga kelib, Markaziy bank obligasiyalari pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biriga aylangan.

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, pul bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalarning shaffofligini ta'minlash maqsadida, Markaziy bank obligasiyalarining belgilangan kalendar' asosida muomalaga chiqarilish amaliyoti joriy qilindi. Bu, o‘z navbatida, tijorat banklariga likvidlikni oldindan prognoz qilish va boshqarishda qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Markaziy bank obligasiyalari 2021 yilning II choragi davomida quyida keltirilgan jadval asosida muomalaga chiqariladi.

png 29.4 КБ
Yuklab olish
USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X