Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi uzilishlarsiz ishlashda davom etmoqda

Yangilangan sana:  9 Apr 2021, 10:18
8 Apr 2021

Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi jismoniy va yuridik shaxslarning to‘lovlarini tunu-kun 24/7 rejimida amalga oshirishga ixtisoslashgan to‘lov tizimidir. Ushbu tizim orqali to‘lovlarni qabul qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlarini hisob-kitoblar kliring tizimiga integratsiya qilish orqali aholiga ko‘plab qulayliklar yaratilgan.

Ta’kidlash joizki, Ichki ishlar vazirligi 2021 yil 2 apreldagi 7/7-1009-sonli xati orqali joriy yilning 9-12 aprel kunlari “E-ma’muriy ish” yagona axborot tizimini “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimiga integratsiya qilinishi munosabati bilan vazirlikning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobi yuritiladigan “Yagona markazlashtirilgan axborot tizimi” ish faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qilgan.

Shunga asosan, ushbu texnik ishlar vaqtida (9-12 aprel kunlari) Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring (MUNIS) tizimi orqali “0210 – MVD oplata shtrafov” xizmatlar yetkazib beruvchisiga ma’muriy huquqbuzarliklar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan jarima to‘lovlari qabul qilinmasligi bildiriladi.

Qolgan barcha to‘lovlar real vaqt (24/7) rejimida amalga oshirilishi ma’lum qilinadi.

USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X