Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bank tizimidagi ishlar

Yangilangan sana:  28 Apr 2021, 14:55
27 Apr 2021
27 aprel' kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga doir matbuot anjumani tashkil etildi.

 Tadbirda Markaziy bank mutasaddi xodimlari ham so‘zga chiqib, bank tizimi tomonidan hududlarda tadbirkorlik sub'ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, aholi bandligini ta'minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil axborot berishdi.

 Ta'kidlanganidek, joriy yilning birinchi choragida qariyb 93 mingta loyihaga jami 12,2 trln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltirildi. Shu bilan birga, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qariyb 3 700 ta loyihasini moliyalashtirish uchun 500 mln. AQSh dollari ekvivalentida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya'ni davlat kafolatisiz jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 400 mln. AQSh dollari miqdorida kreditlar yo‘naltirilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5087-sonli qaroriga muvofiq, yurtimizda biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirildi, jumladan:
 tadbirkorlik sub'ektlarining milliy valyutadagi bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya beriladigan kreditlar foizi miqdori Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan 1,75 baravarigacha oshirildi; ya'ni joriy yilning 1 mayidan tijorat banklari tomonidan berilayotgan milliy valyutadagi 25 foizgacha bo‘lgan kreditlari uchun kompensasiya qo‘llanilishi mumkin.

 Tadbirkorlik sub'ektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensasiya va kafilliklar kredit shartnomasining sonidan qat'i nazar berilishi qayd etildi.

 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari ijrosini ta'minlashda asosiy e'tibor, hududlarda yangi ish o‘rni yaratishga, xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish hajmini oshiriga qaratilgan kichik loyihalar hamda aholini doimiy daromad manbalarini shakllantirish maqsadlarga qaratilmoqda.

Xususan, 2021 yilda mazkur dasturlar doirasida 135 mingta loyihaga jami 3,2 trln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ko‘p.

 So‘nggi 3 yilda ajratilgan kreditlar esa 19 trln. so‘mga yetdi. Natijada 770 mingdan ortiq oilalar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi. O‘rta hisobda esa jami xonadonlarning 10 foizi qamrab olinishiga.

 Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun joriy yilda ajratilishi ko‘zda tutilgan 9 trln. so‘m mablag‘larning kamida 1 trln. so‘mi hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish maqsadlariga ajratilishi rejalashtirilgan.

 Shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlariga kreditlar ajratilishida shaffoflikni ta'minlash, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, arizani ko‘rib chiqishning har bir bosqichini nazorat qilish, bunda inson omilini kamaytirish maqsadida joriy yil 1 apreldan “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi” (www.oilakredit.uz) amaliyotga tatbiq etildi. 2021 yil 27 aprel' soat 12:00 holatiga ko‘ra, 142 mingdan ortiq (kuniga o‘rtacha 5 300 ta) fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlarining imtiyozli kredit olish bo‘yicha arizalari platforma orqali qabul qilingan.

 Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

photo5206278967764562469

photo5206278967764562471

photo5206278967764562470

31
USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X