Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiada

Yangilangan sana:  28 Apr 2021, 16:35
28 Apr 2021

Markaziy bank oliy o‘quv yurtlari 1-3 kurs talabalarini moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadada ishtirok etishga taklif etadi.

Olimpiada ikki bosqichda o‘tkaziladi:

I bosqich: saralash bosqichi

II bosqich: respublika bosqichi

Saralash bosqichida bank xizmatlari va mahsulotlari, moliya, sug‘urta hamda investisiya mavzulari bo‘yicha nazariy va mantiqiy savollar yordamida talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkaziladi.

Olimpiadaning saralash bosqichi joriy yil 30 aprel' kuni masofaviy formatda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Ishtirokchilar ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari zarur

Olimpiadada ishtirok etish - bu qimmatli tajriba, o‘z kuchini sinab ko‘rish imkoniyati, yangi bilimlar va qiziqarli tanishuvlar.

Olimpiada g‘oliblari diplom va mukofot puli bilan taqdirlanishadi.

O‘qish bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish uchun mukofot puli miqdori:

1 o‘rin – 7,0 mln.so‘m;

2 o‘rin – 5,0 mln.so‘m;

3 o‘rin – 3,5 mln.so‘m.

Markaziy bank tomonidan Moliyaviy savodxonlik bo‘yicha olimpiadani o‘tkazish Qoidalari

Moliyaviy savodxonligingizni Finlit.uz bilan oshiring!

pdf 242.1 КБ
Yuklab olish
USD = 12640.21
-49.76
EUR = 13559.15
+1.19
RUB = 137.02
-0.18
GBP = 15817.96
+46.87
JPY = 81.22
-0.68
CHF = 13850.77
-28.67
CNY = 1744.13
-7.15
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X