Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘z o‘ngimizda jonlangan tarix

Yangilangan sana:  29 Apr 2021, 22:45
29 Apr 2021
9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida “Xotira bor ekan – millat barhayot” shiori ostida Markaziy bankning xodimlari uchun poytaxtimizdagi G‘alaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.

 Bu kichik sayohat – tarixdan bilganimiz ikkinchi jahon urushining dahshatli yillari, ajdodlarimizning qora o‘tmishini his eta olish, ona Vatan himoyasi yo‘lida jonini fido etgan qahramonlarning kechmishlarini tushunish imkonini berdi.

 Muzeyda saqlanayotgan eksponatlar orasida askarlarning kiyimlari, qurollari, frontda turib ota-onasiga yozgan xatlari, o‘sha davrda olingan suratlar, urush davri aks etgan dekoratsiyalar, jonli obrazdagidek yasalgan haykallar va boshqa ko‘plab noyob buyumlarni ko‘rish mumkin. Muzeyda musiqa hamrohligidagi jonli dekoratsiyalarni tomosha qilib, kishi go‘yo vaqt masofasini xatlab, xayolan o‘sha sinovli yillar muhitiga tushib qolgandek bo‘ladi.
USD = 12654.57
-12.43
EUR = 13483.44
+1.95
RUB = 135.26
-0.51
GBP = 15799.23
+26.28
JPY = 82.24
-0.39
CHF = 13860.43
+4.6
CNY = 1748.18
-2.03
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X