Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bankning Samarqand va Surxondaryo viloyatlari bosh boshqarmalari boshliqlari tayinlandi

Yangilangan sana:  14 Mar 2022, 12:53
14 Mar 2022
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki buyrug‘iga asosan, Otabek Islamovich Azimov Markaziy bankning Samarqand viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi, A’zamat Berdimuradovich To‘xtayev Markaziy bankning Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Otabek Azimov 1978-yil Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Samarqand Kooperativ instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Faoliyatini 1999-yil O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki Nurobod filialida yetakchi mutaxassis sifatida boshlagan. 2010-yildan bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan edi.

A’zamat To‘xtayev 1979-yilda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tug‘ilgan. Termiz davlat universitetida Bank ishi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan. 2002-yilda Markaziy bankning Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasida yetakchi iqtisodchi sifatida ish boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2018-yildan shu kungacha Markaziy bankning Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X