Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank xabari

Yangilangan sana:  21 Apr 2022, 09:56
21 Apr 2022
Tashqi savdo operatsiyalari boʼyicha oʼzaro hisob-kitoblar uzluksizligini taʼminlash haqida

Bugungi kunda tashqi savdo shartnomalari, pul oʼtkazmalari tizimlari hamda boshqa transchegaraviy toʼlovlarni amalga oshirishda tegishli Xalqaro moliyaviy axborot almashinuvi tizimi faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Hozirda tijorat banklari tomonidan transchegaraviy oʼzaro hisob-kitoblarning uzluksizligi bilan bogʼliq xavf-xatarlarni oldini olish hamda xoʼjalik subʼektlari va aholining joriy xalqaro amaliyotlari doirasida toʼlovlari (pul oʼtkazmalari)ni cheklovlarsiz va oʼz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida oʼz ixtiyoriga koʼra muqobil toʼlov tizimlari faoliyatini yoʼlga qoʼyish boʼyicha tegishli choralar koʼrib borilmoqda.

Oʼz navbatida, Markaziy bank joriy vaziyatni doimiy ravishda kuzatib bormoqda va zarur hollarda bank tizimi va toʼlov tizimlari faoliyati barqarorligini, jumladan, xalqaro munosabatlar doirasida erkin moliyaviy axborot almashinuvi va hisob-kitoblarning uzluksizligini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha choralar koʼrilishini taʼminlaydi.

USD = 12620.09
+19.95
EUR = 13599.41
-42.76
RUB = 136.73
+0.81
GBP = 15892.48
-16.46
JPY = 83.33
+0.09
CHF = 13926.38
+8.19
CNY = 1745.42
+1.99
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X