Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Germaniyaning xalqaro hamkorlik boʼyicha jamgʼarma kassalari fondi vakillari bilan uchrashuv oʼtkazildi

Yangilangan sana:  24 Iyun 2022, 10:05
24 Iyun 2022
Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankida Germaniyaning xalqaro hamkorlik boʼyicha jamgʼarma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung) vakillari ishtirokida uchrashuv boʼlib oʼtdi. 

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va barcha xalqaro standartlarga javob beradigan ishonchli moliyalashtirish tizimini yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish sohasida Markaziy bank tomonidan amalga oshirilishi lozim boʼlgan istiqboldagi rejalar toʼgʼrisida fikr almashildi. 

Xususan, mazkur yoʼnalishda Markaziy bank xodimlari malakasini oshirish maqsadida ilgʼor horijiy amaliyotlar, jumladan, Germaniya tajribasi bilan yaqindan tanishtirish, kredit tashkilotlarida masʼuliyatli kreditlash tamoyillarini joriy etish masalalariga eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida oʼzaro hamkorlikni yanada kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish yoʼnalishida istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishib olindi.

USD = 10911.01
-11.02
EUR = 11237.25
-51.76
RUB = 178.94
-1.37
GBP = 13253.60
-95.31
JPY = 81.75
-0.63
CHF = 11579.13
-31.4
CNY = 1618.96
-1.64
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X