Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank raqamli moliyaviy savodxonlik yoʼnalishida hamkorlikni kengaytirmoqda

Yangilangan sana:  26 Yan 2023, 11:03
26 Yan 2023
Markaziy bank moliyaviy savodxonlik yoʼnalishida “IT-Park” (“Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktsiyasi” MChJ) bilan oʼzaro hamkorlik toʼgʼrisida Memorandum imzoladi.

Moliyaviy taʼlimni rivojlantirish sohasidagi oʼzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish maqsadida imzolangan mazkur Memorandum Oʼzbekiston Respublikasida yoshlar va aholining raqamli moliyaviy savodxonligini oshirish boʼyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga xizmat qiladi.

IT-Park IT-tadbirkorlik, startap ekotizimi, raqamli savodxonlik va IT-madaniyati rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish sohasidagi yetakchi tashkilot sifatida yoshlarning qiziqishini ragʼbatlantirish, shuningdek, aholining kompьyuter va raqamli savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Memorandumda aholining raqamli moliyaviy savodxonlik va moliyaviy xizmatlar haqida xabardorlik darajasini quyidagilar orqali oshirish koʼzda tutilgan:

  • raqamli texnologiyalar va xizmatlardan xavfsiz hamda samarali foydalanish boʼyicha onlayn oʼquv materiallarni ishlab chiqish;
  • oʼquv kurslar, anʼanaviy va onlayn tadbirlar, shu jumladan vebinar, seminar, va davra suhbatlari tashkil etish;
  • aholi va tadbirkorlar moliyaviy savodxonligini oshirish taʼlim dasturlari, tadbirlari va loyihalarini amalga oshirish.


USD = 12690.00
-7
EUR = 13526.27
-21.43
RUB = 135.95
+0.9
GBP = 15802.86
-34.11
JPY = 82.14
-0.09
CHF = 13969.62
+3.06
CNY = 1752.47
-1.48
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X