Markaziy bankda Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Mastersard xalqaro toʼlov tizimi oʼrtasida qoʼshma memorandum doirasida tashkil etilgan boshqaruv qoʼmitasining birinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda “Kiberxavfsizlik” hamda “Kichik va oʼrta biznesni qoʼllab-quvvatlash” yoʼnalishlari boʼyicha hamkorlikdagi tadqiqotlarning dastlabki natijalari taqdim etildi. Olingan xulosalar asosida kompaniya mutaxassislari tomonidan naqd pulsiz toʼlovlarni rivojlantirish va kiberxavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi.
Muloqot chogʼida tomonlar bank mutaxassislari va aholining turli sohalarda malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar koʼlamini kengaytirishga qiziqish bildirdilar.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan masalalar boʼyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.
Masterсard xalqaro toʼlov tizimi delegatsiyasi bilan uchrashuv
Yangilangan sana:
1 Mar 2023, 11:02