Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
20 Sen 2018

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

O'zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari

mln.AQSH dollarida


Ko'rsatkichlar 01.01.2018 01.04.2018 01.07.2018 01.08.2018 01.09.2018
I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari 28 076,9 28 494,0 27 660,5 27 389,9 26 870,8
   1. Xorijiy valyutadagi aktivlar 14 042,8 14 517,2 13 818,3 13 597,6 12 927,2
   2. Monetar oltin 14 034,1 13 976,8 13 842,2 13 792,3 13 943,6
II. Sof oltin-valyuta zaxiralari 26 567,5 27 086,7 26 648,9 26 365,1 25 983,0

Izoh:  

1) Joriy yilning yanvar-avgust oylarida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1296,50 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri- 970,4 mln.doll.)

2) Joriy yilning avgust oyida oltin-valyuta zaxiralarining pasayishi oltin narxining 1219,20 dan 1206,85 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 139,7 mln.doll.)


USD = 10674.08
-6.98
EUR = 12576.20
+3.52
RUB = 146.91
-0.58
GBP = 14715.29
-47
JPY = 97.05
-0.57
CHF = 11512.17
-47.42
CNY = 1653.38
-3.63
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X