Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Raqamli moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi ishlab chiqildi

Yangilangan sana: 16 May 2025, 18:02
16 May 2025
Markaziy bank tomonidan “Raqamli moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hujjat loyihasi ishlab chiqilib, regulation.adliya.uz portaliga muhokama uchun joylashtirildi.

Bugungi raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishning dolzarbligi oshib borayotgan paytda, banklar bilan bir qatorda to‘lov va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilayotgan masofaviy xizmatlar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilinishiga doir talablarni belgilab olishni taqozo etmoqda.

Shunga ko‘ra, xorijiy mamalakatlarning ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or tajribalari asosida kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga tadbiq etilishi nazarda tutilgan “Raqamli moliyaviy xizmatlar iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishga doir talablar to‘g‘risida”gi nizom loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur hujjat bilan quyidagilarni belgilab qo‘yish nazarda tutilmoqda:

  • raqamli xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan platformalarga qo‘yiladigan talablar;
  • raqamli xizmatlar ko‘rsatilishida iste’molchilarga oshkor qilinadigan minimal axborotlarning hajmi hamda ushbu axborotlarni oshkor qilishning qoidalari;
  • raqamli platformalar orqali kredit xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha jarayonlarga qo‘yiladigan talablar;
  • iste’molchilarga taalluqli axborotlarni himoya qilish va maxfiyligini ta’minlash;
  • raqamli xizmatlarni taqdim etishda iste’molchilar bilan o‘zaro munosabatlarni tashkil etish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi.

Ushbu nizom talablarini amaliyotga joriy etish orqali raqamli xizmatlar iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini tartibga solish, ushbu xizmatlardan foydalanishda iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni kamaytirish hamda iste’molchilarning raqamli moliya bozoriga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash kabi natijalarga erishish kutilmoqda. 

Hujjat loyihasi bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

USD = 12618.63
-49.51
EUR = 14516.47
-124.1
RUB = 160.83
-0.32
GBP = 16989.72
-169.28
JPY = 87.07
-0.4
CHF = 15428.08
-159.64
CNY = 1755.76
-7.79
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X