Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarining inflyatsion kutilmalari – 2018 yil III chorak natijalari

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
15 Okt 2018

Joriy yilning III choragida iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovlar natijalariga ko‘ra inflyatsiyaning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan sezilgan va kutilayotgan darajalarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, yilning birinchi yarmidagi pasayishdan so‘ng mazkur ko‘rsatkichlar iyul oyidan boshlab oshib bordi.

Xususan, III chorakda inflyatsion kutilmalarning oshishiga respondentlarning kelgusidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi, kommunal to‘lovlar tarifi va ish haqi oshishiga bo‘lgan ishonchlari ortgani ta’sir etgan. Shu bilan birga, oxirgi oylar davomida milliy valyuta almashuv kursining qadrsizlana boshlashi sentabr oyidagi kutilmalarda o‘z aksini topdi.

Shuningdek, ma’muriy tarzda tartibga solinadigan narxlarning rejalashtirilayotgan erkinlashtirilishi kelgusida inflyatsion kutilmalarni yanada ortishiga hamda bir vaqtning o‘zida narxlarga bir necha omillarning salbiy ta’siri inflyatsion kutilmalarning yuqori darajada saqlanib qolinishiga sabab bo‘lishi mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va korxonalarininginflyatsion kutilmalari – 2018 yil III chorak natijalari (PDF, 2.35 MB)

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X