Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O‘zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
16 Okt 2018

«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika oltin-valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish belgilangan.

Oltin-valyuta zaxiralarini hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Oltin-valyuta zaxiralarining tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining (Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bundan mustasno) Markaziy bankda ochilgan hisob varaqlaridagi valyuta mablag‘larini, ya’ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.

O'zbekiston Respublikasining oltin-valyuta zaxiralari

mln.AQSH dollarida

Ko‘rsatkichlar

01.01.2018

01.04.2018

01.07.2018

01.09.2018

01.10.2018

I. Yalpi oltin-valyuta zaxiralari

28 076,9

28 494,0

27 660,5

26 870,9

26 407,3

   1. Xorijiy valyutadagi aktivlar

14 042,8

14 517,2

13 818,3

12 927,2

12 454,4

   2. Monetar oltin

14 034,1

13 976,8

13 842,2

13 943,6

13 953,0

II. Sof oltin-valyuta zaxiralari

26 567,5

27 086,7

26 648,9

25 983,0

25 494,5


Izoh:

1) Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1296,50 dan 1183,50 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 1223,2 mln.doll.)
2) Joriy yilning sentabr oyida oltin-valyuta zaxiralarining kamayishi qisman oltin narxining 1206,85 dan 1183,50 doll/tr.unsiyaga pasayishi hisobiga yuzaga keldi. (narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri - 269,8 mln.doll.)


USD = 10674.08
-6.98
EUR = 12576.20
+3.52
RUB = 146.91
-0.58
GBP = 14715.29
-47
JPY = 97.05
-0.57
CHF = 11512.17
-47.42
CNY = 1653.38
-3.63
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X