Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Pul-kredit siyosati instrumentlaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha

Yangilangan sana:  26 May 2019, 15:55
20 Noy 2018

Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan tijorat banklariga likvidlik berish hamda ulardan likvidlikni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha pul-kredit instrumentlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ushbu qarorga muvofiq, Markaziy bank tomonidan quyidagi operatsiyalarni bosqichma - bosqich amaliyotga joriy etish ko‘zda tutilmoqda:

auksion savdolari orqali valyutani garovga olgan holda qisqa muddatli qayta moliyalash kreditlarini berish;

auksion savdolari orqali tijorat banklarining pul mablag‘larini Markaziy bankning qisqa muddatli depozitlariga jalb qilish;

auksion savdolari orqali Markaziy bankning obligatsiyalarini tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish;

o‘zgarmas foiz stavkalarida tijorat banklarining pul mablag‘larini Markaziy bankning qisqa muddatli depozitlariga jalb qilish.

Dastlabki bosqichda depozit va kredit auksionlari hamda doimiy tusdagi kredit berish operatsiyalarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.  Keyingi bosqichda doimiy tusdagi 1 xaftalik o‘zgarmas foiz stavkasida depozitga jalb qilish operatsiyalari yo‘lga qo‘yiladi. Auksion savdolari orqali operatsiyalarni o‘tkazishda asosiy e’tibor, banklararo pul bozoridagi foiz stavkalarini pul-kredit siyosatining maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida shakllanishiga qaratiladi.

Markaziy bankning obligatsiyalari bank tizimida likvidlikning barqaror tarkibiy profitsiti vujudga kelgan holatlarda muomalaga chiqariladi.

Markaziy bank tomonidan likvidlik berish va jalb qilish operatsiyalari turlari va ular bo‘yicha yillik foiz stavkalari miqdori* O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018 yil 10 noyabrdagi 35/4-sonli qarori bilan tasdiqlandi.

Markaziy bank depozit va kredit auksionlarini o‘tkazish bo‘yicha oldindan e’lon berib boradi.


Operatsiya maqsadi Instrument turi Markaziy bank
operatsiyalarining turi 
Muddati  Foiz stavkasi 
Likvidlik berish operatsiyalari Doimiy tusdagi operatsiyalar Ta’minotsiz kreditlar  90 kungacha MB qayta moliyalash stavkasi
+ 3 foiz band
Svop operatsiyalari
(forvard-kursni hisoblash uchun so‘mdagi foiz stavka)
90 kungacha MB qayta moliyalash stavkasi
+ chet el valyutasi foiz stavkasi
+ 2,5 foiz band
Garov asosida  beriladigan  qayta moliyalash kreditlari
(o‘zgarmas foiz stavkasida)
8 kundan
90 kungacha
MB qayta moliyalash stavkasi
 + 2,5 foiz band
7 kungacha MB qayta moliyalash stavkasi
 + 2 foiz band
Ochiq bozor operatsiyalari
(minimal foiz stavkalari)
Garov asosida beriladigan qayta moliyalash  kreditlari bo‘yicha auksionlar 1 oy MB qayta moliyalash stavkasi
 + 1 foiz band
2 hafta  MB qayta moliyalash stavkasi
Likvidlik jalb qilish operatsiyalari Ochiq bozor operatsiyalari
(maksimal foiz stavkalari)
Depozit operatsiyalari
bo‘yicha auksionlar
2 hafta  MB qayta moliyalash stavkasi
1 oy MB qayta moliyalash stavkasi
 + 1 foiz band
Doimiy tusdagi operatsiyalar Depozit operatsiyalari 7 kungacha MB qayta moliyalash stavkasi
 - 2 foiz band
Ochiq bozor operatsiyalari
(maksimal foiz stavkalari)
Markaziy bank obligatsiyalari bo‘yicha auksionlar 1 yilgacha  MB qayta moliyalash stavkasi *

*Operatsiyalar turlari va yillik foiz stavkalar bo‘yicha jadval ilova qilinadi.


USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X