Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“Pul muomalasini takomillashtirish va to‘lov tizimlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar-trening

Yangilangan sana: 26 May 2019, 15:55
22 Fev 2019

Markaziy bank joriy yilning 21 fevralida ommaviy axborot vositalari vakillarining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida “Pul muomalasini takomillashtirish va to‘lov tizimlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.


Seminarda Markaziy bank departamentlari direktorlari, AKTning yetakchi mutaxassislari va 15 dan ortiq mahalliy jurnalistlar ishtirok etdi.

Seminar davomida quyidagi mavzular ko‘rib chiqildi:

  • yirik nominaldagi banknotalarni muomalaga chiqarish;

  • yangi to‘lov tizimi va banklararo protsessing markazini yaratish va ularning funksionalligi;
  • to‘lov kartalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari.

Ushbu treningda to‘lov tizimining joriy faoliyati va pul muomalasi, xususan yangi to‘lov infrastrukturasi, pul muomalasi jarayonlarini tashkil etish va yangi nominaldagi banknotalarning muomalaga chiqarilishining inflyatsiyaga ta’siri kabi masalalar muhokama etildi.




USD = 12861.25
+24.15
EUR = 13603.34
+87.16
RUB = 128.41
+3.79
GBP = 16410.96
+80.89
JPY = 85.41
+0.01
CHF = 14633.35
+126.51
CNY = 1770.52
+3.42
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X