O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi PF-5296-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Markaziy bankning tahliliy va tadqiqotlar bazasini rivojlantirish maqsadida bank tizimi faoliyatiga oid quyidagi dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan tanlov e’lon qilindi:
- Joriy tashqi savdo va tarif siyosatining iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini baholash hamda mamlakat iqtisodiyotini liberallashtirish jarayonida tarif siyosati yo‘nalishini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
- O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishning dekompozitsiyasi va o‘sishning faktor tahlili;
- O‘zbekistonda “byudjet qoidasi”ni joriy qilishning ilmiy-amaliy asoslari va istiqbollari;
- Qo‘shilgan qiymat solig‘ining takomillashtirilgan tartibi joriy qilinishining inflyatsiya darajasiga ta’siri;
- Tijorat banklarida Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari – 9 joriy qilinishining bank tizimi ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash;
- Markaziy bankning makroprudensial va monetar siyosatlari instrumentlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlashning nazariy-amaliy asoslari;
- Moliyaviy xizmatlar ommaboplik darajasini o‘rganish va uni oshirish masalalari;
- Hududlarda aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga oid dasturlar doirasida ajratilayotgan imtiyozli kreditlarning samaradorligi tahlili.
Tanlovda qatnashish yuzasidan talabnomalar iqtisodiyot-moliya yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan qabul qilinadi.
Tadqiqot ishlarini moliyalashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Tanlov shartlariga oid to‘liq ma’lumotlar bilan quyidagi https://exarid.uzex.uz/rucompetitive/lot/9043732 veb-sahifa orqali tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefonlar:
(71) 212-60-09.
(71) 233-00-65.