Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Aholi tomonidan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasi xarid qilinishi to‘g‘risida ma’lumot

Yangilangan sana:  26 Iyul 2019, 10:07
23 May 2019

2018 yilning aprel oyidan boshlab joriy qilingan tijorat banklarining mobil ilovalari orqali chet el valyutasini jismoniy shaxslarga sotish (onlayn-konversiya) bo‘yicha bank xizmati aholi o‘rtasida tobora ommaboplashib bormoqda.

Ma’lumot uchun: chet el valyutasini masofadan turib xarid qilish uchun mahalliy bankda ochilgan xalqaro to‘lov kartasi hamda bankning tegishli mobil ilovasini o‘rnatish imkoniyatini beruvchi smartfonga ega bo‘lish kifoya.

Ushbu xizmat turidan foydalanishda mijozlar bankka tashrif buyurmasdan kunu-tun valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi sababli ham ommaviylashmoqda.

2018 yil va 2019 yilning 4 oyi ichida jismoniy shaxslar tomonidan 1,2 mlrd. dollar miqdorida chet el valyutasi xarid qilingan bo‘lsa, shundan 432.3 mln. doll. yoki 36 foizi onlayn-konversiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman olganda, 2018 yilning aprelidan 2019 yilning apreligacha onlayn-konversiya xizmatining jami jismoniy shaxslarga sotilgan valyutadagi har oylik ulushi 9 foizdan 63 foizgacha yetdi. Bunda, jami xarid miqdoridagi onlayn-konversiya ulushining keskin o‘sishi asosan joriy yilning yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.

Bank xizmatlari ko‘lamini kengaytirish hamda ularning sifati va qulayligini oshirish bo‘yicha ishlar ilg‘or xorijiy tajriba asosida Markaziy bank tomonidan kelgusida ham davom ettiriladi.

uzb

USD = 12628.05
+7.96
EUR = 13616.83
+17.42
RUB = 136.42
-0.31
GBP = 15927.76
+35.28
JPY = 83.44
+0.11
CHF = 14007.82
+81.44
CNY = 1748.70
+3.28
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X