Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Pul-kredit siyosati sharhi

Yangilangan sana: 25 Iyul 2019, 12:32
20 May 2019

2019 yilning I choragida makroiqtisodiy holat Markaziy bankning asosiy prognozlariga mos ravishda shakllandi. Yalpi ichki maxsulotning real o‘sishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan (5,1 foiz) jadallashib, 5,3 foizni tashkil etdi.

Mazkur davrda iqtisodiy o‘sishning asosiy “drayverlari” o‘tgan yillarda bo‘lgani kabi banklar tomonidan kreditlash faolligining oshishi hamda o‘rta darajadagi yumshoq soliq-byudjet siyosatining yuritilishi hisobiga asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalarning yukori darajada o‘sganligi (2018 yilning shu davriga nisbatan 29,3 foizga ko‘p), shuningdek, aholi daromadlari o‘sishining davom etishi kabi omillar bo‘ldi.

Taklif omillari tomondan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 6,8 foizga oshishi, shu jumladan, iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning – 18,3 foizga, qurilish ishlarining – 5,9 foizga va xizmatlar ko‘rsatishning – 11,1 foizga oshishi yalpi ichki mahsulot o‘sishiga asosiy hissa qo‘shdi.

pdf 3.7 МБ
Pul-kredit siyosati sharhi, I chorak 2019 yil
docx 4.2 МБ
Pul-kredit siyosati sharhi, I chorak 2019 yil
USD = 12860.09
-5.57
EUR = 13515.95
+5.72
RUB = 123.64
-1.5
GBP = 16409.47
+31.48
JPY = 84.31
+0.05
CHF = 14504.95
-44.03
CNY = 1770.14
+0.47
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X