Markaziy bankda Xalqaro valyuta jamgʼarmasining texnik koʼmagi doirasida makro stress-test oʼtkazish boʼyicha missiyasining yakuniy muhokamalari boʼlib oʼtdi.
Missiya davomida kredit, bozor va boshqa risklar uchun stress-testining joriy tizimi tahlil qilinib, banklarning turli xil shoklarga bardoshliligi baholandi.
Shu bilan birga, Shveytsariya Markaziy bankining faoliyati va boshqa ilgʼor tajribalarga asoslangan holda kredit, foiz hamda foizsiz risklar boʼyicha modellar ishlab chiqildi.
Uchrashuv yakunida xalqaro ekspertning taqdim etgan tavsiyalari risklarni boshqarish hamda stress-testni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlanib, kelgusida tomonlar hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
XVJ koʼmagida Shveytsariya Markaziy banki eksperti bilan makro stress-test oʼtkazish missiyasi yakuni boʼyicha uchrashuv oʼtkazildi
Yangilangan sana:
4 Sen 2023, 09:33