Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining qo‘shma Moliya sektorni baholash dasturi (FSAP) doirasida Moliya tizimi barqarorligini baholash bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi. Unga ko’ra quyidagi asosiy xulosalar taqdim qilindi:

Yangilangan sana: 26 Iyun 2025, 18:21
26 Iyun 2025

Moliya sektorini isloh qilish natijasida sezilarli yutuqlarga erishilganligi ta’kidlandi. Mazkur islohotlar bank-moliya tizimidagi boshqaruvni takomillashtirish, xatarlarni boshqarish va davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan.

Bank sektorining barqarorligi va zaif tomonlari. Kapitalning yetarliligi, daromadlilik va likvidlik ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lsa-da, stress-testlash, ayniqsa davlat banklarida kredit xavfiga nisbatan zaifliklarga ishora qilmoqda. Ushbu banklar murakkab vaziyatlarda sezilarli darajada qayta kapitallashtirish talab etilishi mumkin.

Islohotlarni davom ettirish zarurati. XVJ tomonidan imtiyozli kreditlashni bosqichma-bosqich bekor qilish, davlat tijorat banklarini xususiylashtirishni jadallashtirish hamda moliya sektorining barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun huquqiy va me’yoriy asoslarni takomillashtirishni tavsiya etildi.

Makroprudensial siyosat va inqirozlarni boshqarish tizimlarini mustahkamlash zarur. Moliyaviy barqarorlik kengashini tashkil etish, hamda favqulodda likvidlik yordamini takomillashtirish ishonchli moliyaviy xavfsizlik tarmog‘ini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Kapital bozorlari va nobank kredit tashkilotlarini yanada rivojlantirish juda muhim. Xususiy kredit tashkilotlarining rolini kuchaytirish, nazorat salohiyatini oshirish va bozorga asoslangan vositalar orqali moliyaviy mablag‘lardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish inkluziv moliyaviy o‘sishning asosiy omillari hisoblanadi.

Davlatning o‘rni va moliyaviy xatarlar. XVJ tomonidan davlat banklarini xususiylashtirish va davlat moliyaviy yordamini shaffof kredit platformalari, kafolatlar va subsidiyalar kabi bozorga asoslangan mexanizmlarga o‘tkazish bo‘yicha majburiyatlarini yangilashni tavsiya etilmoqda.

Moliyalashtirish imkoniyatlari va moliyaviy ommaboplik. Kichik va o‘rta biznes subyektlari ko‘pincha yuqori foizli kreditlar yoki subsidiyalangan dasturlarga tayanishga majbur. XVJ moliyaviy bozordagi buzilishlarni kamaytirish, moliyaviy ommaboplikni oshirish va barqaror kredit olish imkoniyatini ta’minlash uchun bozor mexanizmlariga asoslangan vositalar — masalan, qisman kredit kafolatlari va raqobatbardosh kredit liniyalariga o‘tishni tavsiya etadi. Tez sur’atda rivojlanayotgan mikromoliya tashkilotlari hamda yangi tashkil etilgan mikromoliya banklari ustidan nazorat kuchaytirilishi zarur, bu esa tartibga solishdagi bo‘shliqlar va noxolis raqobatni oldini olishga xizmat qiladi.

 

USD = 12699.14
+84.07
EUR = 14847.83
+93.24
RUB = 162.16
+0.14
GBP = 17124.79
+40.2
JPY = 86.22
+0.41
CHF = 15933.68
+81.62
CNY = 1771.84
+12.29
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X