Savol_javob
– “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlar nimalardan iborat?
– Mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2020 yil 17 mart kuni Prezident tomonidan “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.
Qonunga muvofiq, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunning
4, 5 va 6-moddalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, qonunning:
4-moddasida, mikrokredit qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mmiqdoridan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi;
5-moddasida, mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs bo‘lgan qarz oluvchiga 50 million so‘mdan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi;
6-moddasida, mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 600 million so‘mdan oshmaydigan mutlaq qiymatda berilishi belgilandi.
Mazkur qonun respublikada aholining va tadbirkorlik sub’ektlarining mikromoliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, to‘lov qobiliyatini oshirish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ko‘rsatilayotgan mikromoliyaviy xizmatlar hajmining oshishiga yordam beradi.