Markaziy bankda Jahon banki Vitse prezidenti Lakshmi Shyam-Sunder boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda Markaziy bankda xalqaro zaxiralarni boshqarishni takomillashtirishda Jahon banki koʼmagida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar, shuningdek mamlakatdagi joriy makroiqtisodiy holat yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, uchrashuvda Jahon bankining mamlakatimizda amalga oshirayotgan texnik koʼmak loyihalari muhokama etildi.
