Videokonferens aloqa shaklida o‘tgan tadbirda Markaziy bank markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari, tijorat banklari mas’ul xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri tuman va shahar hokimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda hududlardagi hokimliklarning joylarda o‘z yechimini kutayotgan masalalari va bank tizimiga tegishli bo‘lgan murojaatlari muhokama qilindi.
Ochiq muloqot jarayonida hududlarda bank tizimiga daxldor muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bildirilgan takliflar, fikr va mulohazalar ijrosi nazoratga olinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Markaziy bankda tijorat banklari ishtirokida respublikaning tuman va shahar hokimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Yangilangan sana: 14 Okt 2024, 10:37