Markaziy bankda O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston ipoteka bozoridagi asosiy tendensiyalar va so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan ipoteka bozorini tartibga solish va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ipoteka bozorining asosiy ishtirokchilari va kompaniyaning bozordagi o‘rni haqida ma’lumot berilib, kelgusida ipoteka bozorini rivojlantirishda xalqaro tajribaga asoslangan takliflar ilgari surildi.
Muloqot yakunida tomonlar muhoqama qilingan mavzular yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangilangan sana: 1 Noy 2024, 19:34