Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

12-avgustdan — butun respublika bo‘ylab “Yilning eng yaxshi yordamchi agenti — 2025” tanlovi boshlandi!

Yangilangan sana: 5 Sen 2025, 16:38
12 Avg 2025

Markaziy bank tomonidan e'lon qilingan tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi va sentabrdan noyabrgacha davom etadi.

Saralash bosqichlari tuman, viloyat va respublika kesimida tashkil etiladi.

Har bir bosqichda qatnashuvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Respublika bosqichida esa 14 nafar g‘olib aniqlanadi!

 1-bosqich: Saralash (avgust)
Mavzu: “Men nechun agentman?”

  • Qisqa video (30 soniyadan kam, telefon bilan vertikal formatda, yuz ko‘rinishi kerak) yoki
  • 250 so‘z atrofida insho (ismi, otasining ismi va nasabi, mahalla nomi va agent bo‘lish sababi ko‘rsatilishi lozim)

Imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang — siz ham o‘z hududingizning eng yaxshi yordamchi agenti bo‘lishingiz mumkin! Ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Tanlov mezonlari bilan batafsil qo’llanmada tanishishingiz mumkin.

Tayyor ishlar (video va insholar) har bir hududdagi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmalari tomonidan ochilgan maxsus Telegram guruhiga 22-avgustgacha yuborilishi kerak.

pdf 3.3 МБ
Yuklab olish
USD = 11981.81
-32.67
EUR = 13879.73
+21.03
RUB = 165.13
-1.48
GBP = 16080.79
+22.24
JPY = 74.86
+0.02
CHF = 15061.99
+36.38
CNY = 1772.09
-0.53
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X