Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan Abbasova Mehrinoz Nosirjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
M. Abbasova Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavr bosqichini, 2020-yilda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining magistratura bosqichini tamomlagan.
U mehnat faoliyati davomida Respublika yosh ijodkorlar kengashi nodavlat notijorat tashkiloti raisi, Yoshlar ishlari agentligi Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. Tayinlovga qadar Yoshlar ishlari agentligi direktorining Davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
Markaziy bank raisiga ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi tayinlandi
Yangilangan sana: 30 Apr 2025, 14:24