Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Endilikda noiqtisodiy yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik dasturi joriy etiladi!

Yangilangan sana: 13 May 2025, 16:32
13 May 2025
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda “UZCARD” milliy to‘lov tizimi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Moliyaviy savodxonlik ambassadorlari” loyihasi muvaffaqiyatli start oldi va mamlakatda moliyaviy ta’lim tizimida yangi sahifa ochdi. Endi ushbu tashabbus doirasida Markaziy bank va “UZCARD” viloyatlardagi yirik noiqtisodiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amaliy ishlarni olib bormoqda.

Loyiha orqali mazkur muassasalarda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tizimli ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Tanlov asosida saralab olingan 32 nafar ilg‘or pedagog “ambassador” sifatida tayinlanib, talabalarga moliyaviy bilim va ko‘nikmalarni yetkazish vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Markaziy bank tomonidan maxsus tayyorlangan o‘quv dasturi va o‘quv-seminarlar natijasida ambassadorlar talabalarga hayotda zarur bo‘lgan eng asosiy moliyaviy ko‘nikmalar — omonat va kredit foizlarini hisoblash, shaxsiy sezilgan inflyatsiyani aniqlash, bank kartalaridan xavfsiz foydalanish, bank xizmatlarini tanlash va shartnomaning muhim shartlari, ijtimoiy injiniring xususiyatlari, moliyaviy firibgarliklardan himoyalanish usullari kabi yo'nalishlar bo‘yicha bilim bermoqda.

Loyiha uchta bosqichda amalga oshiriladi, har bir bosqich 2 oy davom etadi. Ambassadorlar har bosqichda 30 nafardan talabalarni qamrab oladi va har biri umumiy hisobda 90 nafar yoshlarga ta’lim beradi. Ushbu tartibda 2025-yil oxirigacha 3 000 nafardan ziyod talabaga moliyaviy bilimlar yetkazilishi ko‘zda tutilgan.



USD = 12725.16
+32.74
EUR = 14507.95
-3.29
RUB = 158.65
+0.21
GBP = 16731.04
-59.76
JPY = 84.55
-0.09
CHF = 15585.01
-15.31
CNY = 1764.22
+0.26
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X