Shrift o‘lchami: A A A
Masshtab: A A A A
Rang: A A A A
Rasmlar: Yoqish O‘chirish

Ayollar tadbirkorligi boʻyicha moliyaviy kodeks (We-Finance Code) xalqaro tashabbusini joriy etish doirasida Milliy Nizom ishlab chiqildi

Yangilangan sana: 31 Iyul 2025, 09:19
30 Iyul 2025

Markaziy bank tomonidan milliy koordinatör sifatida Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks (We-Finance Code) xalqaro tashabbusini joriy etish doirasida Milliy Nizom ishlab chiqildi. Ushbu Nizom mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan institutsional yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks doirasida Milliy Nizom O‘zbekistonda manfaatdor tomonlarning sa’y-harakatlarini birlashtirib, barqaror ekotizim yaratishga, statistika tahliliga asoslangan gender tengligi bo‘yicha siyosatlarni amalga oshirishga, xalqaro maydonda islohotlarni namoyon etishga hamda mamlakatimiz nufuzini mustahkamlashga imkoniyat yaratadi.

Bundan tashqari, Kodeks ishtirokchilariga xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ayol tadbirkorlarning ehtiyojlariga mos mahsulotlarni yaratishga, tajriba va bilim almashish, shuningdek, ilg‘or amaliyotlarni joriy etishga xizmat qiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rahbarligidagi moliyaviy bozor ishtirokchilaridan tashkil topgan ishchi guruh (Milliy koalitsiya) Majburiyatnoma xatlarini (Commitments) ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha keng ko‘lamli va muvofiqlashtirilgan ishlarni amalga oshirdi. Majburiyatnoma xatlari tashabbusda ishtirok etishning asosiy talabi bo‘lib, sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar hamda aniq amaliy chora-tadbirlar orqali ayol tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

We-Finance Code tashabbusi bugungi kunda dunyo bo‘ylab 30dan ortiq mamlakatda joriy etilmoqda. Markaziy Osiyoda ushbu tashabbus O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Mongoliyada ilgari surilmoqda. O‘zbekiston ushbu tashabbus doirasida Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks Milliy Nizomini ishlab chiqqan mintaqadagi dastlabki davlat sifatida e’tirof etilmoqda.

Markaziy bank tomonidan Milliy Nizomni ishlab chiqish Yevropaning Tiklanish va Taraqqiyot Banki hamda ConsumerCentriX xalqaro konsalting kompaniyasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirildi.

Milliy Nizomni ishlab chiqish jarayonida moliyaviy sektor ishtirokchilari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan keng ko‘lamli maslahat uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu o‘z navbatida tashabbusni amalga oshirishda fikrlar va amaliy jihatlarni inobatga olish imkonini berdi.

Milliy Nizom mamlakatdagi ayollar tadbirkorligining hozirgi holati va mavjud to‘siqlarni tahlil qilishga qaratilgan keng qamrovli ishlar natijasi hisoblanib, ushbu tahlillar xalqaro konsalting kompaniyasi McKinsey va BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot va so‘rovnomalar asosida amalga oshirildi.

Milliy Nizom haqida

Milliy Nizom O‘zbekistonning xalqaro tashabbusni joriy etish doirasidagi ustuvorliklari va maqsadlarini aks ettiradi hamda tashabbusning asosiy tamoyillarini amalga oshirishda milliy yo‘riqnoma vazifasini o‘taydi.

Milliy Nizom quyidagi ustuvor jihatlarni o‘z ichiga oladi:

·        Milliy Nizomning asosiy tamoyillari va maqsadlari;

·        Davlat tashkilotlari, tijorat banklari, mikromoliyaviy tashkilotlar va nodavlat sektorning ayol tadbirkorligiga institutsional yordam ko‘rsatishdagi o‘rni;

·        Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks tamoyillarini amalga oshirish jarayonida monitoring, baholash va hisobot berish mexanizmlari;

·        Ishtirokchilarni tanlash mezonlari va tashabbusni amalga oshirishga jalb qilish tartibi.

Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeksning barcha ishtirokchilari o‘z vakolatlari va zimmasiga olgan majburiyatlari doirasida moliyaviy ommaboplikni rivojlantirish hamda ayol tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlashga munosib hissa qo‘shadilar.

Ayollar tadbirkorligi bo‘yicha moliyaviy kodeks doirasida 17 nafar ishtirokchining Majburiyatnomalari (Сommitments)

АgrobankTuron bankAloqa bankXalq bankiMilliy bankAsaka bank,  MKbankHamkorbankSQBBRB, Ipak Yo‘li banki, Imkon Finans, Renesans, OASIS KreditNAMI, Sabr mikromoliya tashkiloti, FinTech.  

A4 - 692.jpg

Ma’lumot uchun: Women Entrepreneurs Finance 2023-yil oktyabr oyida Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik uchrashuvlarida rasmiy ishga tushirilgan bo‘lib, ayol tadbirkorlarning moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan xalqaro tashabbus hisoblanadi. U moliyaviy tashkilotlar, moliya regulyatorlari, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorning sa’y-harakatlarini birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

2024-yilda YEBRR prezidenti Odil Reno Basso va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbaeva o‘rtasida imzolangan o‘zaro Memorandumga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda We-Finance Code tashabbusini joriy etish bo‘yicha asosiy muvofiqlashtiruvchi etib tayinlandi.

USD = 12165.24
-25.19
EUR = 14330.65
-32.11
RUB = 159.42
-2.67
GBP = 16470.52
-56.05
JPY = 76.49
-0.23
CHF = 15520.85
-73.92
CNY = 1783.63
-3.43
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X