Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Bank tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash borasidagi ishlarga doir seminar tashkil etildi

Yangilangan sana:  18 Apr 2021, 12:44
16 Apr 2021

Markaziy bankda respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari ishtirokida 2020 yil mobaynida bank tizimida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Markaziy bank tomonidan bank axborot tizimlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlarga birma-bir to‘xtalib o‘tildi.

Xususan,

-pandemiya sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish maqsadida Markaziy bank tomonidan banklar bilan hamkorlikda masofadan ishlashda axborot muhofazasini ta'minlash va xatarlarga qarshi ta'sir choralarini ko‘rish hamda internetdagi axborot tizimlarida yuzaga kelgan nohush hodisalarning oldini olish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilgani;

-respublikamizda yuz berayotgan kiberinsidentlarni aniqlash hamda ularga qarshi ta'sir choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani;

-bank tizimida kiberinsidentlar ro‘y bermasligining oldini olish bo‘yicha Markaziy bank tijorat banklari va to‘lov tashkilotlariga tezkor ogohlantirishlar berish amaliyotini joriy qilgani qayd etib o‘tildi.

Shu bilan birga, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning 60-moddasiga asosan, tijorat banklarida avtomatlashtirilgan bank tizimlarida axborotni muhofaza qilish, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligiga doir minimal talablar, to‘lov tizimlari operatorlari va to‘lov xizmatlari yetkazib beruvchilarining to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha nizomlar ishlab chiqildi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Seminar davomida bankomatlarga bo‘layotgan tajovuzlarning oldini olish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati bilan birgalikda ilg‘or muhandislik texnik vositalarini qo‘llash va uning afzalliklari bo‘yicha ko‘rgazmali stend hamda undan foydalanish bo‘yicha video o‘quv qo‘llanma namoyish etildi.

Interaktiv tarzda o‘tgan seminarda ishtirokchilar bank axborot tizimini rivojlantirish, axborot va kiberxavfsizlikni ta'minlashga oid o‘z taklif va fikr-mulohazalarini bildirib, bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

USD = 12697.00
+2.04
EUR = 13547.70
+38.99
RUB = 135.05
+0.39
GBP = 15836.97
+11.43
JPY = 82.23
+0.12
CHF = 13966.56
+37.48
CNY = 1753.95
-0.18
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X