Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Markaziy bank xabari

Yangilangan sana:  6 Apr 2023, 11:13
6 Apr 2023
Ijtimoiy tarmoqlarda tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilgan oʼzgartirish va qoʼshimchalar yuzasidan bildirilayotgan fikrlar borasida Markaziy bank quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ichki nazorat qoidalarining 49-bandiga kiritilgan dastlabki 2 ta xatboshisida keltirilgan mezonlar jismoniy shaxslar oʼrtasidagi kartadan kartaga pul oʼtkazmalari orqali amalga oshiriladigan noqonuniy operatsiyalarni aniqlashga qaratilgan. 

Bunday operatsiyalar turiga noqonuniy qimor va garov oʼyinlari boʼyicha operatsiyalar, firibgarlik holatlari va boshqalar kiradi. Bugungi kunda mazkur turdagi operatsiyalarning tahlili shuni koʼrsatmoqdaki, bunday noqonuniy operatsiyalar quyidagi yoʼllar bilan:

bir jismoniy shaxs tomonidan turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalari yordamida yirik miqdordagi pul mablagʼlarini boʼlib-boʼlib oʼtkazish orqali;
pul mablagʼlarini konversiya qilish yoki naqdlashtirish maqsadida turli banklarda ochilgan bir nechta bank kartalaridan mablagʼlarni bitta kartaga oʼtkazish;
bitta jismoniy shaxs kartasidan boshqa jismoniy shaxslarning bank kartalariga yoki elektron hamyonlariga maʼlum vaqt ichida koʼp miqdorda pul mablagʼlarini oʼtkazilishi va aksincha, bitta jismoniy shaxs kartasiga boshqa shaxslarning bank kartalaridan yoki elektron hamyonlaridan pul mablagʼlarini kelib tushishi orqali amalga oshirilayotganligi kuzatilmoqda.
Аmaldagi qonunchilik hujjatlariga yangi kiritilgan oʼzgartirishlarda yuqorida taʼkidlangan operatsiyalarni aniqlash uchun operatsiyalarni amalga oshirilishi davriyligi va miqdoriga tegishli mezonlar kiritildi.

Shuni alohida taʼkidlash zarurki, ushbu yangi qoidalar jismoniy shaxslarning omonatlarini elektron hamyonlariga yoki bank kartalariga qaytarilishi, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun toʼlovlar, xususan, ipoteka krediti yoki avtokredit boʼyicha boshlangʼich badal toʼlovi bilan bogʼliq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

Yaʼni shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi va maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etilmaydi.

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan oʼz tavakkalchiliklaridan kelib chiqqan holda, mobil ilovalarda bir jismoniy shaxs tomonidan biriktiriladigan bank kartalari soniga yoki operatsiyalar summasiga nisbatan chegaraviy monitoring mezonlari joriy qilingan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti soha boʼyicha maxsus vakolatli davlat organi boʼlib, barcha tashkilotlardan yuborilayotgan pul mablagʼlari va boshqa mol-mulk bilan bogʼliq shubhali operatsiyalar toʼgʼrisidagi xabarlarni saralash, qayta ishlash hamda tahlil qilish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirish holatlarini aniqlaydi.

Shu sababli, qayd etilgan mezonlarga muvofiq keluvchi operatsiyalar maxsus vakolatli davlat organiga banklararo oʼtadigan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʼliq operatsiyalarni aniqlash maqsadida umumiy tahlilni amalga oshirish uchun yuboriladi.

USD = 12662.01
+21.8
EUR = 13593.93
+34.78
RUB = 137.65
+0.63
GBP = 15849.04
+31.08
JPY = 80.81
-0.41
CHF = 13885.31
+34.54
CNY = 1747.30
+3.17
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X