Markaziy banki Boshqaruvi 2019 yil 1 iyuldan e’tiboran tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga qo‘yiladigan majburiy rezervlari normativlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish va tijorat banklari tomonidan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish sharoitlarini yengillashtirish maqsadida 2019 yilning 1 iyulidan boshlab majburiy rezerv normativlariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan milliy valyutadagi depozitlari uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlari uchun 14 foiz miqdorida majburiy rezerv normativlari belgilanmoqda;
Majburiyatning valyuta turi |
Muddati |
Yangi normativlar |
Amaldagi normativlar |
Milliy valyuta |
2 yildan ortiq |
4% |
0% |
1 yildan 2 yilgacha |
2% |
||
boshqa depozitlar |
4% |
||
Chet el valyutasi |
2 yildan ortiq |
14% |
0% |
1 yildan 2 yilgacha |
7% |
||
boshqa depozitlar |
14% |
- majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan 0,25 o‘rtachalash koeffitsiyenti o‘rnatilmoqda.
Majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‘rnatilayotgan o‘rtachalash koeffitsiyenti Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezerv miqdorining 25 foizini banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etiladi.
Bunda, tijorat banklarning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i qoldig‘ining saqlash davridagi o‘rtacha kunlik miqdori hisoblangan majburiy rezerv miqdorining 25 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Bu, o‘z navbatida, tijorat banklari uchun likvidlikni samarali boshqarishga imkon beradi.