Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Ko‘p beriladigan savollar




To'lov tizimlari 26

  • To‘lov topshiriqnomalarini taqdim etilgan sanada ijroga qaratish uchun ham valyutalashtirish sanasi ko‘rsatilishi shartmi?


    Ha, shart. 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan nizomning 2-ilovasida to‘lov topshiriqnomasi shakli keltirilgan bo‘lib, bankka taqdim etiladigan to‘lov topshiriqnomalari ushbu shaklga mos bo‘lishi lozim. Agar to‘lovni darhol amalga oshirish lozim bo‘lsa, to‘lov topshiriqnomasining “Valyutalashtirish sanasi” grafasida ham operatsiya kuni (bank ish kuni) sanasi ko‘rsatiladi, ya'ni “Hujjat sanasi” va “Valyutalashtirish sanasi” grafasida bir xil sana ko‘rsatiladi.

  • To‘lov topshiriqnomasidagi “Hujjat sanasi” va “Valyutalashtirish sanasi” grafalaridagi sanalar nimani anglatadi?


    “Hujjat sanasi” grafasidagi sana – bu mijoz tomonidan to‘lov topshiriqnomasini o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etish sanasidir. Ushbu sana to‘lov topshiriqnomasini bankka taqdim qilish sanasi bilan bir xil bo‘lishi kerak. Operatsiya kuni, ya'ni to‘lovlarni amalga oshirish vaqti tugaganidan so‘ng, lekin shu kalendar' kunda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan ijroga qabul qilinib, keyingi operatsiya kunida (bank ish kunida) ijroga qaratiladi.

    “Valyutalashtirish sanasi” grafasidagi sana – bu mijoz tomonidan o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasini ijro qilish (to‘lovni amalga oshirish) sanasidir. Ushbu sana “Hujjat sanasi” grafasidagi sanadan ko‘pi bilan 10 kunga farqlanishi mumkin, ya'ni hujjat taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblaganda “Valyutalashtirish sanasi” grafasida o‘ninchi kun ko‘rsatilishi mumkin. Valyutalashtirish sanasi operatsiya kuni hisoblanmaydigan, ya'ni bank ishlamaydigan kunga to‘g‘ri kelib qolsa, to‘lov topshiriqnomasi valyutalashtirish sanasi sifatida ko‘rsatilgan sanadan keyingi birinchi operatsiya kunida (bank ish kunida) ijro etiladi.

  • Debitorlik-kreditorlik qarzlarini solishtirish dalolatnomasi yetkazib berilgan tovarlar (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar) bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnomanining to‘lov talabnomasiga ilova qilinsa, bu mablag‘lar to‘lovchining ruxsatisi


    Yo‘q, asos bo‘lmaydi. 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan nizomning 56-bandida akseptsiz to‘lov talabnomalari asosida mablag‘larni to‘lovchining roziligisiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish mumkin bo‘lgan hollar keltirilgan.

  • To‘lov talabnomalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lovchining bankiga taqdim etish mumkinmi?


    Ha, mumkin. 3229-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan nizomning 45-bandiga ko‘ra, to‘lov talabnomalari mablag‘larni oluvchining (undiruvchi) bankiga yoki to‘lovchining (qarzdorning) bankiga taqdim etilishi mumkin. Mablag‘larni oluvchining banki mijozi taqdim etgan to‘lov talabnomalarini mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboradi.

  • Elektron pullardan foydalanish qulayligi nimada?


    Elektron pullarning afzalliklari qo‘yidagilar:

    boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzonligi;

    hisob-kitoblarni qulay va tezkor usulda o‘tkazish;

    bank hisobvarag‘ini ochmasdan to‘lovlarni amalga oshirish;

    likvidlilik darajasining yuqoriligi;

    tavakkalchilik darajasining pastligi, xavfsizlikning ta'minlanishi.

    Shu bilan birga, identifikasiya qilinmagan elektron hamyonning egasi bazaviy hisoblash miqdori doirasida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega.

    Identifikasiya qilingan elektron elektron hamyon egasi tomonidan amalga oshirilgan bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi yuz bazaviy hisoblash miqdoriga teng bo‘lgan summadan oshmasligi lozim.

  • Men bank kartamdan to‘lov tashkilotlaridan birining mobil ilovasi orqali adashib o‘zimga tegishli bo‘lmagan boshqa telefon raqamiga to‘lovni amalga oshirdim, endi pulimni bank kartamga qaytarishning iloji bormi?


    Banklar va/yoki to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari orqali har qanday xizmat uchun to‘lovni amalga oshirishdan oldin to‘lov uchun asos bo‘lgan ma'lumotlarning to‘g‘riligini tasdiqlash so‘raladi. To‘lovchining xatosi tufayli amalga oshirilgan noto‘g‘ri to‘lov bo‘yicha javobgarlik to‘lovchi zimmasida qoladi va pul mablag‘larini to‘g‘ri telefon raqamiga o‘tkazish masalasiga aniqliq kiritish uchun to‘lovni qabul qiluvchiga, ya'ni uyali aloqa operatoriga murojaat qilishingiz mumkin.

  • Xalqaro to‘lov tizimlarining bank (valyuta) kartalaridagi pul mablag‘i bankomat orqali naqdlashtirilganda bank qancha komissiya ushlab qoladi?


    Qonun hujjatlarida bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdori bank tomonidan mustaqil belgilanishi ko‘rsatilgan. Tariflar, shu jumladan, xalqaro to‘lov tizimlarining bank (valyuta) kartasidan bankomatlar orqali pul mablag‘larini olishda bankning vositachilik haqi miqdori mijoz va emitent bank, shuningdek, xalqaro to‘lov tizimlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. Komissiya miqdorini aniqlashtirish uchun bankka murojaat qilish kerak.

  • Men qanday qilib HUMO to‘lov tizimining bank kartasidan Uzcard to‘lov tizimining bank kartasiga (yoki aksincha) pul o‘tkazmalarini amalga oshirishim mumkin?


    Jismoniy shaxslar HUMO va Uzcard to‘lov tizimlarining bank kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini quyidagilar orqali amalga oshirishlari mumkin:

    1) bank va/yoki to‘lov tashkilotining veb-sayti;

    2) bank va/yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasi;

    3) to‘lov tashkilotining USSD-so‘rovlari;

    4) to‘lov tashkilotining telegram boti.

    Shuni ta'kidlash joizki, barcha banklar va/yoki to‘lov tashkilotlari bunday xizmatlarni taklif etmaydi. Bundan tashqari bank kartalariga pul mablag‘larini bevosita banklarga tashrif buyurib ham o‘tkazish mumkin (bank-emitent va karta rekvizitlari bo‘lsa).

  • O‘zini bank xodimi deb tanishtirgan notanish odamdan karta rekvizitlari so‘ralgan shubhali elektron xat oldim. Nima qilishim kerak?


    Agar o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan shubhali shaxsdan elektron xatni olsangiz, ushbu xatda keltirilgan biron bir havolani bosmang. Maxfiy ma'lumotlaringiz firibgarlar qo‘liga tushib qolishidan ogoh bo‘ling! Darhol shubhali xatni bankingiz elektron manziliga yuborishingiz kerak. Esingizda bo‘lsin, banklar o‘z mijozlariga sizning kartangiz raqami va sms-xabarnoma orqali kelgan kodni so‘rab elektron pochtaga xabarlarini yubormaydilar.

  • Oilaviy kartaning afzalliklari nimada?


    Oilaviy kartalar qator afzalliklarga ega:

    1. Bog‘langan oilaviy kartalar o‘rtasida pul o‘tkazmalari uchun komissiya yo‘q;
    2. Oilaviy karta egasi SMS xabarnomasini ulashi va ulangan oilaviy kartalar bilan amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar to‘g‘risida xabardor bo‘lishi mumkin.
  • Xalqaro to‘lov tizimlarining bank kartalaridagi (valyuta kartalaridagi) CVV kodi nima?


    CVV (CVC) kod – bank kartasining maxfiy raqami bo‘lib, internet orqali to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatiladi. O‘z navbatida, mazkur kodni ochiq manbalarda ko‘rsatish tavsiya etilmaydi.

  • Chet el valyutasidagi kartalarni xorijda ishlatish bo‘yicha cheklovlar bormi?


    Hech qanday cheklovlar yo‘q. Bank kartasidan foydalanish tartibi mijoz va bank o‘rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

  • Bankomatdan naqd pul olish uchun banklar ustama haq oladilar. Nima uchun?


    Banklar – tijorat tashkiloti hisoblanib, bank operatsiyalariga oid vositachilik haqi miqdorini mustaqil belgilaydilar. O‘z navbatida, naqd pul mablag‘larini olishdagi vositachilik xaqi bankomatlar sotib olish va ularga xizmat ko‘rsatish, joylarni ijaraga olish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarni qoplashga sarflanadi. Shu bilan birga, kartadagi pul mablag‘larini emitent bankda ham naqdlashtirishingiz mumkin.

  • Agar bank kartasining amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, nima qilish kerak?


    Bank kartasining amal qilish muddatini texnik jihatdan uzaytirish imkoni yo‘q. Shu sababli yangi bank kartasini emissiya qilish uchun bankka ariza berishingiz kerak, bu masofadan turib xizmat ko‘rsatish kanallari (rasmiy veb-saytlar, mobil ilovalar va boshqalar) orqali amalga oshirilishi mumkin. Shuni esda tutish kerakki, barcha banklar ham mazkur xizmatlarni taklif qilmaydilar, shuning uchun bank-emitent bilan bog‘lanish lozim.

  • Bank kartasi hisobvarag‘ining qo‘chirmasida men amalga oshirmagan tranzaksiya aks ettirilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?


    Bunday hollarda siz bank kartangizni blokirovka qilishingiz kerak. Buning uchun emitent bankni xabardor qilish zarur. Shuningdek, banklarning mobil ilovasi yordamida kartalarni blokirovka qilish imkoniyati mavjud.

  • Agar sotuvchi bank kartadagi mablag‘ni ikki marta yechib olgan bo‘lsa, to‘lovni bekor qilish mumkinmi?


    HUMO to‘lov tizimining bank kartalaridan noto‘g‘ri pul yechilganda, agar terminalning kunlik tushumi onlayn inkassasiya (sverka itogov) qilinmagan bo‘lsa, mazkur to‘lovni pul yechilgan terminal orqali bekor qilish mumkin. Shuningdek, HUMO va Uzcard to‘lov tizimlarining bank kartalari orqali noto‘g‘ri yechilgan pul mablag‘lari bank ekvayer tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish sub'ekti arizasi asosida mijozning bank kartasiga qaytariladi.

  • Emitent bank bo‘lmagan bank orqali bank karta hisobraqamini to‘ldirish mumkinmi?


    Ha, istalgan bankdan bank karta hisob raqamini to‘ldirish mumkin (bank-emitent va karta rekvizitlari bo‘lsa). Shuningdek, Siz bank kartasi hisob raqamini to‘ldirish uchun Cash-in funksiyasi bor bankomatlardan foydalanishingiz ham mumkin.

  • Yo‘qolgan kartam bank tomonidan bloklangangandan keyin topildi. Nima qilish kerak?


    Bunday hollarda bankka shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishingiz va kartani blokdan chiqarish uchun ariza berishingiz kerak.

  • Bank kartasi yo‘qolib qolsa, nima qilish kerak?


    Bunday holda emitent-bankka bank kartasining yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar berilishi kerak. Bank mijozni lozim darajada tekshirgandan (identifikasiyadan) so‘ng bank kartasi blokirovka qilinadi. Keyinchalik yo‘qolgan bank kartasini o‘rniga yangi bank kartasini ochish uchun bankka ariza yuborishingiz (qoldirishingiz) kerak. Shuningdek, bank mobil ilova dasturlari orqali bank kartasini blokirovka qilish (blokdan chiqarish) mumkin.

  • Bank kartasini mobil telefon orqali qanday boshqarish mumkin?


    Bank kartasini mobil telefonga biriktirish uchun Siz SMS-xabarnoma xizmatini ulashingiz kerak. Keyin bank yoki to‘lov tashkilotining mobil ilovasini o‘rnatgan holda bank kartangizni mobil telefoningiz orqali boshqarishingiz mumkin.

  • Qanday qilib SMS-xabarnomani bank kartasiga ulashim mumkin?


    Uzcard to‘lov tizimining bank kartasiga SMS-xabarnomani emitent bankda yoki bankomatda, HUMO to‘lov tizimining bank kartasiga esa emitent bankda yoki ayrim banklarning mobil ilovalari orqali ulash mumkin. SMS-xabarnoma xizmati orqali aloqa operatorlaridan qabul qilinadigan xabarlar pullik hisoblanadi.

  • Bank kartasi PIN-kodini qanday o‘zgartirish mumkin?


    Milliy to‘lov tizimining bank kartalari pin-kodini savdo terminali, bankomat yoki bank orqali o‘zgartirish mumkin.

  • Bank kartasini ochish uchun masofadan buyurtma berish mumkinmi?


    Mijoz bank kartasini ochish uchun bank veb-sayti va bankning mobil ilovasi orqali masofadan buyurtma berishi mumkin. Bank bilan mijoz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqa mexanizmi shartnomada yoki bank veb-saytida ko‘rsatiladi. Ta'kidlash joizki, ayni paytda bunday xizmatni hamma banklar ham ko‘rsatmaydi.

  • Bankomat bilan texnik muammolar yuzaga kelib, karta bankomat ichida qolib ketsa, nima qilish kerak?


    Agar bankomat bank kartasini qaytarmasa, zudlik bilan bankomat tegishli bo‘lgan bankka qo‘ng‘iroq qilish va bank kartasini bloklashni so‘rash lozim (shunda firibgarlar bank kartasidan pul yecholmaydilar). Bank xodimi bank kartasini bloklaganini tasdiqlaganidan keyin ketish mumkin.

    Bankomatdan bank kartasini chiqarib olish uchun ko‘rsatilgan telefon raqami orqali xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilinishi va qisqacha tafsilot tushuntirilishi kerak.

  • SMS xabarnoma nima va u nima uchun qo‘llaniladi?


    SMS xabarnoma bu xizmat turi bo‘lib, ushbu xizmat orqali bank kartasi egasining mobil telefoniga SMS xabari yuborilib, bank kartasi orqali amalga oshirilgan amaliyotlar to‘g‘risida xabardor qilinadi va ogohlantiriladi.

    Mazkur xizmatni bank kartasi ochilgan bankda yoki infokiosk/bankomat yordamida aktivlashtirish mumkin.  

    SMS xabarnoma orqali har doim hisob raqamdagi amaliyotlarni kuzatib borish mumkin. Mazkur xizmatni yoqish pullik xizmat bo‘lib, ushbu xizmat orqali bank kartangiz orqali amaliyotlar to‘g‘risida ma'lumot olinadi.

    SMS xabarnoma xizmatidan foydalanganda maxfiy kodni boshqa shaxslarga ma'lum qilinmasligi kerak. Maxfiy kodni uchinchi shaxslarga xabardor qilishingiz ular tomonidan hisob raqamingizdagi pul mablag‘larini ishlatishga imkoniyat yaratadi.

    Bank xodimlari har qanday holatda ham sizdan maxfiy kodni so‘rab, qo‘ng‘iroq qilmasligini bilib oling. Firibgarlar ishonchingizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang!

  • Bank hisobvarag‘i shartnomasini bekor qilish tartibi qanday?


    “O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1948, 2009 yil 27 aprel') asosan, bank hisobvarag‘i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga yoki bankning talabiga ko‘ra bekor qilinadi.

    Bankning talabiga ko‘ra bank hisobvarag‘i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

    1) mijozning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘lari summasi bank qoidalarida yoki shartnomada ko‘zda tutilgan eng kam miqdordan oz bo‘lsa, agar bunday summa bank tomonidan bu haqda mijozni ogohlantirgan kundan boshlab bir oyda tiklanmasa;

    2) bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqa muddat nazarda tutilgan bo‘lmasa, ushbu hisobvaraq bo‘yicha bir yil davomida operatsiyalar amalga oshirilmagan bo‘lsa.

    Hisobvaraqdagi pul mablag‘larining qoldig‘i mijozning tegishli yozma arizasi olingandan keyin kechi bilan yetti kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko‘rsatmasiga muvofiq boshqa hisobvaraqqa o‘tkaziladi.

    Bank hisobvarag‘i shartnomasining bekor qilinishi mijozning hisobvarag‘ini yopish uchun asos bo‘ladi.

    Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan harakatsiz holatga o‘tkazilgan tadbirkorlik sub'ektlari – yuridik shaxslar davlat reestridan chiqarilgan kundan e'tiboran bank hisobvarag‘i shartnomasi bekor qilinadi.

USD = 12559.86
-10.14
EUR = 13690.25
-8.54
RUB = 136.62
-0.29
GBP = 15994.98
-34.28
JPY = 84.17
-0.35
CHF = 14206.38
-29.18
CNY = 1744.86
-1.87
Barcha valyutalar
Online доступ к общедоступным информационным ресурсам ЦБ РУз в сети Интернет, с возможностью просматривать и получать обновленную информацию, в том числе сведения о курсах валют.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by X